Yangi yilda Xitoy sayyohlari O‘zbekistonga oqib kelmoqda

1 daqiqa o'qish672
Yangi yilda Xitoy sayyohlari O‘zbekistonga oqib kelmoqda

 Yangi yil bayramlari arafasida O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xitoylik sayyohlar soni keskin oshdi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, joriy yil boshida Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgani turistik oqimning ikki baravar ko‘payishiga asosiy turtki bo‘ldi.

Turizm qo‘mitasi Sinxua axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, 1–3 yanvar kunlari Xitoydan O‘zbekistonga aviachiptalarni bron qilish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobarga oshgan.
Mutaxassislar bu ijobiy tendensiyani vizasiz sayohat imkoniyati bilan bog‘lamoqda. Yangi tartib sayohatni ancha yengillashtirib, qisqa muddatli dam olish yoki madaniy safarlar uchun mavjud bo‘lgan byurokratik to‘siqlarni kamaytirdi.
Bundan tashqari, Xitoyda yaqinda yakunlangan “O‘zbekiston – turizm yili” doirasida mamlakatimizning boy madaniy merosi va sayyohlik imkoniyatlari keng targ‘ib qilingani ham qiziqish oshishiga xizmat qilgan. Shu bilan birga, ikki davlatning yirik shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar sonining ko‘payishi sayohatchilar uchun yanada qulay sharoit yaratdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xitoylik mehmonlar asosan Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarni o‘z ichiga olgan an’anaviy turistik yo‘nalishlarga ustuvor ahamiyat bermoqda. Bu esa O‘zbekistonning jahon turizm xaritasidagi nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?