date

Ahmad Temurov o‘ziga yaqin bo‘lmagan rolini oshkor qildi (video)

Ahmad Temurov o‘ziga yaqin bo‘lmagan rolini oshkor qildi (video)

“Million” jamoasi a’zosi Ahmad Temurov “IntervyuTV” bilan bo‘lgan intervyusida qiziqarli savolga javob berdi. Suhbat davomida undan: “Sizga yaqin bo‘lmagan qaysi rolni yaxshi o‘ynagansiz?” — deb so‘rashdi.

Ahmad biroz o‘ylanib, samimiy javob berdi: “O‘ynagan rollarim orasida ‘babnik’ rolimni yaxshi o‘ynaganimni ayta olaman” dedi. U suhbat davomida ushbu roli haqida shunday fikr bildirdi: “Meni hamma o‘sha rolimdan keyin babnik deb o‘ylaydi. Lekin aslida bu rol menga ancha uzoq. Men qizlarga gapirishga, gap otishga uyalardim. Ular o‘zlari kelib gapirmaguncha men hech qachon qizlarga gapirmaganman”.

Ahmad Temurovning ochiq va samimiy izohlari muxlislarni hayratda qoldirdi va uning sahnadagi obraz bilan shaxsiy hayotidagi farqliligini ko‘rsatdi. Bu intervyu aktyorning professional mahorati bilan bir qatorda insoniy tomonini ham yaqqol namoyon etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ahmad Temurov o‘ziga yaqin bo‘lmagan rolini oshkor qildi (video)