date

Ertaga O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Ertaga O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

“O‘zgidromet” 7 yanvar, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, respublikada havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi va yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–2° sovuq, kunduzi 7–9° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 2° sovuq–3° iliq, kunduzi 8–13° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘laddi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.

Yanvar oyi prognozlariga ko‘ra, birinchi o‘n kunlikda yog‘ingarchilik ehtimoli past. Ikkinchi o‘n kunlikda harorat pasayib boradi, uchinchi o‘n kunlikda esa respublika shimolida kechasi 15–20° gacha sovuq bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?