date

Xitoylik turistlar soni 200 mingdan oshdi

Xitoylik turistlar soni 200 mingdan oshdi
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning o‘tgan o‘n oyi davomida Xitoydan O‘zbekistonga kelgan turistlar soni 200 mingdan oshdi. Bu natija 2025 yil Xitoyda «O‘zbekiston turizmi yili» deb e'lon qilingani bilan bog‘liq.

Shuningdek, iyun oyidan boshlab Toshkent va Pekin o‘rtasida o‘zaro vizasiz rejim joriy etilgan. Yil oxirigacha Xitoydan keluvchi sayyohlar soni 250 ming nafarga yetishi kutilmoqda.

Bu ko‘rsatkich yil rejasidan 40 foizga yuqori, shuningdek, o‘tgan yilgi natijalardan 3,7 barobar ko‘pdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xitoylik turistlar soni 200 mingdan oshdi