date

O'zbekistonda donor va qabul qiluvchilarni tekshirish tartibi tasdiqlandi

O'zbekistonda donor va qabul qiluvchilarni tekshirish tartibi tasdiqlandi
O'zbekistonda organ ko'chirib o'tkazish operatsiyalari uchun tibbiy xulosa berish tartibi tasdiqlandi. Ushbu hujjat Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olindi.

Tasdiqlangan qoidalarga ko'ra, qabul qiluvchi va donor uch oy davomida to'liq tibbiy tekshiruvdan o'tishi kerak. Bu jarayonga laboratoriya tahlillari va immunologik testlar kiradi.

Organ ko'chirib o'tkazishga ruxsat faqat davlat klinikalari konsiliumi tomonidan beriladi. Shifokorlar yig'ilishida bemorning transplantatsiyaga ehtiyoji bor-yo'qligi va donorning mos kelishi masalasi hal qilinadi.

Agar operatsiya natijasida sog'likka jiddiy zarar yetishi mumkinligi aniqlansa, masalan, ko'rish, eshitish, gapirish qobiliyatining yo'qolishi, ruhiy salomatlikning buzilishi yoki mehnatga layoqatning uchdan bir qismidan ko'prog'ini yo'qotish xavfi bo'lsa, organ ko'chirib o'tkazish uchun tibbiy xulosa chiqarilmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekistonda donor va qabul qiluvchilarni tekshirish tartibi tasdiqlandi