date

O‘zbekistonda 800 ta eski qonun bekor qilinadi

O‘zbekistonda 800 ta eski qonun bekor qilinadi
O‘zbekistonda “regulyator gilyotina” mexanizmi joriy etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolanganini Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ushbu farmon asosida qariyb 800 ta eskirgan qonun hujjatlari bekor qilinadi. Rejada, shuningdek, tadbirkorlar uchun moliyaviy operatsiyalarni E-aktiv tizimida qayd etish majburiyatini bekor qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, respublikada ko‘chmas mulk garovini ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat xizmatlari narxi ikki barobar arzonlashtiriladi. Hujjatda nogironligi bo‘lgan shaxslar imkoniyatlarini kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Ular o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yer uchastkasi huquqini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan taqdirda, muqobil hujjatlar asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 800 ta eski qonun bekor qilinadi