
Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) kelasi yilda 167 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisdagi nutqi davomida maʼlum qildi.
Shuningdek, mamlakatda “Ishlab chiqarish va samaradorlikni ikki baravar oshirish” dasturi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu dastur doirasida 200 million dollar miqdorida xalqaro kreditlar va grantlar jalb etiladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda “Toʻrtinchi sanoat inqilobi markazi” tashkil etiladi. Mazkur markaz “Sanoat 4.0” yechimlarini, jumladan, robototexnika, narsalar interneti hamda “aqlli zavodlar”ni joriy etish bilan shugʻullanadi.
Kompaniyalar yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishdan oldin ularni sinovdan oʻtkazish imkoniga ega boʻladilar.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.