
Millionlab pullarni rad qilgan Ulug‘bek Qodirov haqida 7 ta fakt:
1. Ulug‘bek Qodirov 1983 yil 3 avgustda tug‘ilgan.
2. Aktyor 2004 yili teatr institutini tugatgan.
3. Uning ilk debyut roli 2001 yilda “Ayol zoti” filmida boshlangan. Undan so‘ng Sarvinoz, Baxt uchun Million, Panoh, Baron kabi filmlarda o‘ynagan.
4. Ulug‘bek Qodirov intervyularida filmda rol ijro etishdan oldin albatta ssenariyni o‘qib keyin rozilik berishini, agar rol to‘g‘ri kelmasa gonorari ko‘p bo‘lsa ham rolni rad qilishini aytgan.
5. Shuningdek, aktyorning hayotdagi eng katta qo‘rquvi semirib ketish bo‘lib, u doimiy diyetada yuradi.
6. Ijro etgan roli bosh rol darajasida chiqqani uchun rejissyorlarning e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, Qodirov bir muddat o‘zini xonandalik borasida ham sinab ko‘rdi.
7. Ulug‘bek Qodirovning farzandlari - qizi Imona Qodirova va o‘g‘li Amirbek Qodirov.

Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.