date

Zebo Raximova Yangi yilni qanday kayfiyatda kutib oldi? (video)

Zebo Raximova Yangi yilni qanday kayfiyatda kutib oldi? (video)

Bloger va aktrisa Zebo Raximova 2026 yilni qayerda va qanday kayfiyatda kutib olganini Instagram sahifasida joylagan video orqali muxlislariga ma’lum qildi. U bu yilgi Yangi yilni Dubay shahrida, dunyodagi eng baland bino — Burj Khalifada uyushtirilgan betakror mushakbozliklarni tomosha qilib qarshi olganini oshkor etdi.

Videoda Zebo Dubay osmonini yoritar ekan, Burj Khalifadan otilayotgan rang-barang salyutlardan hayrat va quvonch bilan zavqlanayotganini ko‘rish mumkin. U salyutlarni juda yaxshi ko‘rishini ham yashirmadi.

Bloger video ostida shunday izoh qoldirdi:

“Bu yil Yangi yilni Dubayda — Burj Khalifadan otilayotgan salyutlarga qarab kutib oldim. O‘zi salyutlarni judayam yaxshi ko‘raman. Juda chiroyli. Yangi yil muborak”.

Mazkur video qisqa fursatda muxlislar tomonidan iliq munosabat bilan qarshi olinib, ko‘plab tabrik va ezgu tilaklarga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Zebo Raximova Yangi yilni qanday kayfiyatda kutib oldi? (video)