
Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt (SI) yoʻnalishida eng yaxshi natija ko'rsatgan ikki maktab maxsus tanlov yakunlariga ko'ra elektromobil bilan mukofotlanadi. Bu haqda mamlakatda IT sohasini rivojlantirishga doir hukumat qarorida qayd etildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
«Sunʼiy intellekt sohasida besh million yetakchi» loyihasi doirasidagi musobaqada maktablar bilan birga iqtidorli o'quvchilar va yuqori natija qayd etgan o'qituvchilar ham rag'batlantiriladi. Xususan, eng yaxshi 10 nafar ustoz xorijda dam olish imkoniyatiga ega bo'ladi, yana 100 nafar pedagogga esa 1 ming dollargacha mukofot puli berilishi ko'zda tutilgan.
O'quvchilar uchun ham qimmatbaho sovg'alar — noutbuklar va boshqa qiymatli sovrinlar taqdim etilishi rejalashtirilgan. Tanlovni o'tkazish hamda ishtirokchilarni shaffof tanlab olish jarayoniga Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa mas'ul idoralar javobgar bo'ladi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, SI bo'yicha besh million yetakchini tayyorlash tashabbusi «Bir million dasturchi» dasturining mantiqiy davomi sifatida amalga oshiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.