2018 Global Law and Order navbatdagi hisobotida sayohat qilish uchun dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingini e’lon qildi.
Unda O‘zbekiston 91 ball to‘plab Gonkong bilan birga beshinchi pog‘onadan joy oldi.
“Qachonlardir qadimiy Buyuk Ipak yo‘lining bir qismi hisoblangan Markaziy Osiyoning bu mamlakati so‘zsiz go‘zal mamlakatdir”, deyiladi hisobotda.
Quyosh, dengiz va qumli sohil - bu sayohat qilishni rejalashtirayotgan vaqtingizda hisobga olinuvchi eng muhim omillardek go‘yo, lekin yana bir omil borki, u ham sayohatda muhim ahamiyatga ega, bu — xavfsizlik.
Gallup kompaniyasining amerikalik tadqiqotchilari tomonidan taqdim etilgan Global Law and Order reytingi mahalliy aholi o‘zini qanchalik xavfsiz his qilishiga asoslanib tuziladi. Reyting tuzishda 142 mamlakat fuqarolari orasida mahalliy politsiya faoliyati, yolg‘izlikda sayr qilish vaqtidagi xavfsizlik hissi va jinoyatchilikka doir so‘rovnoma o‘tkazdi.
Hisobotni tuzish davomida 15 yoshdan katta bo‘lgan 148 mingdan ziyod kishi ishtirok etdi. Bundan maqsad rasmiy statistika va shaxsiy kechinmalar o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash edi.
2018 Global Law and Order Report reytingiga ko‘ra, jinoyatchilik ko‘rsatkichlarining pastligi bilan mashhur Singapur 97 ball bilan birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Ikkinchi o‘rindan bir vaqtning o‘zida Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya mamlakatlari joy oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi