21:30 / 20.09.2018
4 665

Shavkat Mirziyoyev yangi tuzilma tashkil etishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev yangi tuzilma tashkil etishni taklif qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarining transport kommunikatsiyalari boʻyicha mintaqaviy kengash tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda davlat rahbarining “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida aytiladi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari transport kommunikatsiyalari boʻyicha mintaqaviy kengashni tashkil etish maqsadga muvofiq, u transport-logistika sohasi muammolarini hal qilishda muvofiqlashtiruvchi tuzilmaga aylanadi”, - deyiladi bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan oʻqib eshittirilgan murojaatda.

Oʻzbekiston Prezidenti Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tuzilmalar mutaxassislarining koʻmagida mintaqaviy transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha strategiya ishlab chiqishni ham taklif etdi. Kelgusida uning asosida transport tizimini barqaror rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy dastur qabul qilinishi kerak.

“Mintaqa davlatlari SHHT faoliyatida muhim rol oʻynashini hisobga olsak, ushbu tashkilot doirasida integratsiyalashgan transport tashuvlarini boshqarish tizimini yaratish kerak”, - deya hisoblaydi Mirziyoyev.

Shuningdek, uning fikriga koʻra, mintaqaning turistik jozibadorligini oshirish uchun transport kommunikatsiyalari va infratuzilmani birgalikda rivojlantirish zarur. “Bunga Butunjahon turistik tashkilot bilan birgalikda mintaqadagi turistik xablarni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish yordam berishi mumkin”, - deya qoʻshimcha qilib oʻtdi davlat rahbari.

“Bu va boshqa tashabbuslarning amalga oshirilishi Markaziy Osiyodagi barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mintaqaga aylantirish, global transport xizmatlari bozorida raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol oʻynaydi”, - deyiladi murojaatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev yangi tuzilma tashkil etishni taklif qildi