15:17 / 17.10.2018
5 969

O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlar uchun bojxona to‘lovlari bekor qilindi

O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlar uchun bojxona to‘lovlari bekor qilindi
Prezident “Tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan 2020 yilning 1 yanvariga qadar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan olib kiriladigan ayrim turdagi tovarlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “2017-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida” 2017 yil 18 yanvardagi PQ-2731-son qarorining 4-bandiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

4-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“4. Quyidagilar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Shumanay, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy tumanlarida, Xorazm viloyatining Yangiariq va Qo‘shko‘pir tumanlarida joylashgan sanoat sohasida (avtomobillarga gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalaridan tashqari) yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar - 2027 yilning 1 yanvariga qadar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tumanlarida - 2022 yilning 1 yanvariga qadar muddatga yagona soliq to‘lovidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Shumanay, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy va Kegeyli tumanlarida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan va faqatgina ushbu tumanlarda foydalaniladigan maxsus texnika, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar uchun 2020 yilning 1 yanvariga qadar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu qaror doirasida bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan holda olib kiriladigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.

Belgilansinki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tovarlardan maqsadli foydalanilmagan taqdirda (sotish, bepul berib yuborish yoki o‘zgaga berishning boshqa shakli), bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi undiriladi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlar uchun bojxona to‘lovlari bekor qilindi