15:21 / 29.11.2018
5 208

Buyuk ipak yo‘li va Xorazm “Lazgi”si YuNESKO ro‘yxatiga kiritiladi

Buyuk ipak yo‘li va Xorazm “Lazgi”si YuNESKO ro‘yxatiga kiritiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:

- davlatlararo qo‘shma loyiha doirasida Buyuk ipak yo‘lining mamlakatimizdan o‘tgan qismini “Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yo‘li: Farg‘ona – Sirdaryo havzasi” nomi ostida YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga;

- o‘zbek xalqining ko‘hna va betakror san’ati namunasi bo‘lgan Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi – Lazgi” nomi ostida YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining har yili 21-27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ni va uning doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, teatr rassomlarining ko‘rgazmalari, teatr liboslari va dekoratsiyalari namoyishlarini tashkil qilish, tomoshabinlar bilan ijodkorlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazish hamda aholining shu kunlari davlat teatrlariga bepul kirishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buyuk ipak yo‘li va Xorazm “Lazgi”si YuNESKO ro‘yxatiga kiritiladi