O‘zbekistonda eng ommalashgan kasblar ma'lum qilindi

1 daqiqa o'qish26.3K
O‘zbekistonda eng ommalashgan kasblar ma'lum qilindi
O‘zbekistonda tez rivojlanayotgan va aholining, ayniqsa yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otayotgan kasblar ro‘yxati e’lon qilindi, deb Daryo.uz xabar berdi.

Ular quyidagilardan iborat:

Axborot texnologiyalari va dasturiy ta'minot ishlab chiqish: Butun dunyoda IT sohasi jadal rivojlanmoqda va O‘zbekiston bu jarayondan ortda qolmayapti. Davlat tomonidan berilayotgan soliq imtiyozlari, startaplar va IT-parklar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, yoshlar orasida sohaning ommalashuvi bu sohaning tez rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda.

Qurilish: Aholi sonining ortishi va urbanizatsiya natijasida turar-joy va infratuzilma qurilishi kuchaymoqda. Davlat infratuzilma loyihalariga kiritayotgan investitsiyalar bu sohani kengaytirmoqda.

Sog‘liqni saqlash: Tibbiyot sohasining modernizatsiyasi, zamonaviy asbob-uskunalarning joriy etilishi va xalqaro hamkorlik xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ta'lim: Davlatning ta’limga e’tibori va xorijiy universitetlar bilan hamkorlik sohada o‘sishni ta’minlamoqda. Bu esa mutaxassislarga bo‘lgan talabni oshiradi.

Bank va moliya: Moliya bozori va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar bank sektorining jadal o‘sishini ta’minlamoqda.

Shuningdek, sun’iy intellektning rivojlanishi ba’zi kasblarning avtomatlashtirilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, kopirayter, dizayner, buxgalter, tahlilchi, marketolog, kuryer va taksi haydovchilari kabi kasblarni AI qisman yoki to‘liq bajara oladi.

Ushbu tendensiyani inobatga olgan holda, yoshlar va mutaxassislar zamonaviy kasblarni o‘rganishi, texnologiyalarni egallashi va malakalarini bozor talablariga moslashtirishi muhim.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?