date
views 747

Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha muzokaralarning borishi haqida nimalar dedi?

Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha muzokaralarning borishi haqida nimalar dedi?
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni tugatishga qaratilgan muzokaralar yaxshi ketmoqda bo‘lishi mumkin, deb CNN xabar berdi.

12 aprel, shanba kuni Air Force One bortida jurnalistlarga Tramp shunday dedi: “O‘ylashimcha, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi vaziyat yaxshi ketmoqda. Shunday nuqta keladiki, siz yo biror ish qilasiz yoki jim turib, natijani kutasiz. Menimcha, hammasi yaxshi ketmoqda”.

Bu bayonot Tramp Rossiyadan norozi bo‘lib, Moskvani kelishuvga intilishga chaqirganidan bir kun o‘tib yangradi.

11 aprel kuni AQShning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar Ukraina urushida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishmovchiliklar kuchaygan paytga to‘ғри келди.

Tramp, agar Rossiya kelishuvni cho‘zsa, u holda Rossiya neftini sotib olayotgan davlatlarga ikkilamchi sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligini aytdi.

Uitkoff avvalroq Vashingtonda Rossiya prezidenti vakili Kirill Dmitriyev bilan uchrashib, Trampga 2022 yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Ukraina hududlarini berish orqali tezkor tinchlikka erishish mumkinligini aytgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha muzokaralarning borishi haqida nimalar dedi?