date
views 45 337

Abduqodir Husanov transferi orqali “Manchester Siti”ning Osiyodagi ta’siri kengaymoqda

Abduqodir Husanov transferi orqali “Manchester Siti”ning Osiyodagi ta’siri kengaymoqda
2024 yilning 20 yanvar kuni “Manchester Siti” Fransiyaning “Lans” klubidan Abduqodir Husanovni transfer qilganini e’lon qilgandi. Bu transfer nafaqat sport nuqtayi nazaridan, balki kommersiya va marketing jihatidan ham katta ta’sir ko‘rsatdi.

Avvalroq ingliz tahlilchilari Husanov kelganidan keyin “Etixad” arenasiga O‘zbekistondan kelayotgan muxlislar soni oshgani, chipta sotuvi o‘sgani haqida ma’lumot bergandi.

Endi esa cityxtra.co.uk portalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, “Siti” Husanov orqali Osiyodagi biznes hamkorligini ham rivojlantirmoqda.

Klub yaqinda Vetnamda ishlab chiqariladigan Wake-Up 247 energetik ichimligi brendini o‘zining rasmiy hamkori, deb e’lon qildi. Bu hamkorlik orqali “Siti” shimoli-sharqiy Osiyodagi mavqeini mustahkamlamoqda.

Wake-Up 247 mahsulotlariga endi “Siti”ning logotipi va Xoland, Foden, De Bryuyne kabi yulduzlarning surati tushiriladi. Shuningdek, “Etixad” arenasida reklama lavhalarida bu brendga joy ajratiladi.
«Husanov transferi klub uchun nafaqat taktik jihatdan, balki strategik biznes salohiyati nuqtayi nazaridan ham yutuq bo‘ldi», — deydi Vayam Laxoti.

Wake-Up 247 brendiga egalik qiluvchi Masan Consumer Holdings direktori Txang Chiong Kong ham bundan xursand ekanini bildirdi:
«Biz “Manchester Siti” bilan hamkorlik qilish orqali Osiyoda yanada ilg‘or tashabbuslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Husanov transferi ushbu jarayonni tezlashtirdi».

“Siti”ga kelgan Abduqodir Husanov — O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi. Uning transferi bonuslar bilan birga 50 million yevroni tashkil qilgan. 21 yoshli himoyachi 2029 yilning yarmigacha shartnoma imzolagan.

Shu kunga qadar u Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida debyut qilgan. Qisqa vaqt ichida Xosep Gvardiola unga ishonch bildirib, asosiy tarkibga kiritmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport