date
views 324

Shavkat Mirziyoyev Chorvoqdagi xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Chorvoqdagi xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kuni “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazining master-rejasi taqdimoti bilan tanishdi.

Ushbu turizm markazi Chorvoq suv ombori bo‘yida qurilmoqda. Bu galgi taqdimotda ushbu yirik loyihaning bir nechta xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqilgan master-rejasi ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, turizm markazini 10 ta kichik hududga bo‘lib qurish ko‘zda tutilgan. Ularning har biri piyoda borish mumkin bo‘lgan ko‘ngilochar maskan va xizmatlarni qamrab oladi. Ikki qirg‘oq o‘rtasida ko‘prik qurilib, sayyohlarga qulaylik oshiriladi. Suv bo‘yida xiyobon, plyaj va dam olish joylari bo‘lsa, qiyaliklarda mehmonxonalar, kottejlar, uylar, restoran va tomoshagohlar bo‘ladi. Shuningdek, madaniyat, ta’lim, tibbiyot, sport maskanlari barpo etiladi. Ya’ni bu yerda faqat sayohat emas, balki yil davomida yashash imkoniyati ham yaratiladi.

Davlat rahbari bu loyiha barcha sayyohlarga qulay bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, majmuani zarur infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Chorvoqdagi xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi