
Ko‘pchilik shirinliklar haqiqatdan ham sog‘liq uchun zararli hisoblanadi. Ammo barcha shirin ta’mli mahsulotlar “qora ro‘yxat”da emas. Aksincha, ba’zilari tanani mustahkamlash, yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilash va hatto fikrlash qobiliyatini oshirishda yordam beradi.
Muhimi — to‘g‘ri tanlov va iste’mol madaniyati.
Shakar o‘rniga meva — shirin, foydali, tabiiy
Kundalik shirinlik o‘rnida olma, banan, malina, qulupnay, chernika kabi tabiiy rezavor mevalarni tanlash tavsiya etiladi. Ularda shakar tabiiy holda bo‘ladi va ular:
- Vitamin va antioksidantlarga boy;
- Immunitetni mustahkamlaydi;
- Asab tizimini tinchlantiradi.
Mayiz — kichik desert, katta foyda
Uyda tayyorlangan pechene, keks, yoki mevali salatlarga mayiz qo‘shish nafaqat ta’m beradi, balki:
- Yurak uchun foydali kaliy manbai;
- Tolalari hazmni yaxshilaydi;
- Temir moddasi tufayli kamqonlikka qarshi samarali vosita.
50 yoshdan keyin shakarni cheklash — foydani ko‘paytirish
Yosh ortgani sayin, ayniqsa 50 yoshdan keyin ratsiondan ortiqcha shakarni chiqarish tanada quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi:
- Yurak faoliyati yaxshilanadi;
- Qon bosimi va qand miqdori muvozanatga keladi;
- Teri holati tiklanadi;
- Miya faoliyati oshadi, fikrlash ravshanlashadi.
Shirinlikdan voz kechish emas, to‘g‘ri tanlash
To‘g‘ri shirinlik tanlash orqali ham sog‘lom, ham shirin hayot kechirish mumkin. Masalan:
- Agar-agardan tayyorlangan zefir — dengiz suvo‘tlaridan tayyorlanadi;
- Mevali va yong‘oqli yogurtlar — uy sharoitida;
- Shakarsiz myusli batonchiklar — energiya va to‘yimlilik manbai;
- Qora shokolad — antioksidantlarga boy.
Holva — xalq shirinligi va sog‘lomlik siri
Xalqimiz yaxshi ko‘radigan holva haqida ham unutmang. Tabiiy yog‘lar, vitamin va minerallarga boy bo‘lgan mazkur shirinlik:
- Yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi;
- Energiya beradi;
- Suyak va tishlar uchun foydali;
- B guruhi vitaminlari tufayli asab tizimini tinchlantiradi.
Shirinlik sog‘lom turmushning dushmani emas
Muhimi — miqdorni bilish, tabiiy mahsulotlardan foydalanish va shirinlikka madaniyatli yondashish. Tanangizga yaxshi munosabatda bo‘ling, u ham sizga kuch, energiya va yaxshi kayfiyat bilan javob qaytaradi! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!