
Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudining 4.05.2015 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.Qurbonovdan undiruvchi G.Xolmatova foydasiga 2014 yilda tug‘ilgan 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Kitob tuman bo‘limi ish yurituviga 2023 yilning 15-may kuni kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdor aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab borishligi yuzasidan ogohlantirilib, Respublika hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklandi.
Joriy yilning aprel oyida B.Qurbonov davlat ijrochisiga murojaat qilib, farzandi voyaga yetgunga qadar ya’ni qolgan 7 yil uchun aliment to‘lovi o‘rniga “Matiz” avtomashinasini bermoqchi ekanligini bildirdi.
Ijro harakatlari davomida tomonlar bilan o‘tkazilgan suhbat davomida, undiruvchi G.Xolmatova taklifga rozilik berdi.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomashina G.Xolmatovaning nomiga o‘tkazib berilganidan so‘ng, ijro hujjati tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!