O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Qaror bilan Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosini Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi etib qayta tashkil etish shuningdek, Markazning Toshkent shahar filialini tashkil qilish belgilandi.
Sud-tibbiy ekspertiza faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish sud-tibbiy xizmatini isloh qilishning asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.
Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud-tibbiy ekspertizalari Markazning hududiy filiallari hisoblanadi va o‘z faoliyatida Markazga bo‘ysunadi.
Qaror bilan Markaz va uning hududiy bo‘linmalariga pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqi beriladi.
Pullik xizmatlardan tushgan mablag‘larning 50 foizigacha bo‘lgan qismi Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Marhumlar jasadini tashish Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining hududiy filiallaridan Markaz va uning hududiy filiallariga o‘tkaziladi.
Toshkent shahrida Olmazor, Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlari ochish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Sud-tibbiy xizmat faoliyati sohasida elektron ma’lumotlar bazasini yaratiladi.
Shuningdek, qaror bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida tanatologiya bo‘limlari (morglar) va laboratoriya bo‘linmalarida sud-tibbiy va kriminalistik tadqiqotlarni ISO 9001 va 17025 xalqaro mezonlariga muvofiq o‘tkazish uchun ularni sovutkichli kameralar, seksiyali to‘plamlar, zamonaviy jihozlar, uskunalar, butlovchi qismlar va reaktiv moddalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”