Buxoro viloyati turizm sohasida katta salohiyatga ega. Bundan foydalanib, 2021 yilgacha xorijiy sayyohlar sonini 2 barobar koʻpaytirish, turizm xizmatlari tushumini 350 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokidagi yigʻilishda bu masalaga alohida toʻxtalib, tegishli vazifalarni belgilab berdi. Buning uchun avvalo zamonaviy mehmonxonalar barpo etish, transport infratuzilmasini yaxshilash zarurligini taʼkidladi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Joriy yilda Buxoro shahridagi “Buxoro-palas”, “Varaxsha” va “Zarafshon” mehmonxonalari rekonstruksiya qilinib, 32 ta yangi mehmonxona, 9 ta motel va 50 ta mehmon uylari foydalanishga topshiriladi. Natijada mehmon oʻrni 7 mingtaga yetib, turistlarni qabul qilish imkoniyati qariyb 2 barobar koʻpayadi.
Gʻijduvon – Kogon yoʻnalishidagi 122 kilometr yoʻlni taʼmirlash, “Yetti pir” ziyoratgohlari oʻrtasida qulay va zamonaviy transport qatnovini yoʻlga qoʻyish, xalqaro halol standartini keng joriy etish boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda.
Davlat rahbari aviaqatnovlar sonini oshirish, Samarqand, Xiva, Shahrisabz shaharlari bilan avtobus va poyezdlar qatnovini koʻpaytirish orqali Buxoroni “sayohatlar chorrahasi”ga aylantirish lozimligini taʼkidladi.
Shuningdek, “Buxoro tarixi” muzeyini qurish, koʻngilochar maskanlar, hunarmandlar markazlari va Buxoroning eski shahar qismida turistlar piyoda sayr qiladigan yoʻnalishlar tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev qarsaklar, balandparvoz gaplarga chek qoʻyib, har bir xonadon, shaxs bilan alohida ishlash zarurligi haqida aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”