13:17 / 28.10.2019
3 468

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 29—31-oktabr va 1-noyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29 va 31-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-oktabr va 1-noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-oktabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 20—25 daraja issiq, 30—31-oktabr va 1-noyabrda kechasi 2—7 daraja, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-oktabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, 31-oktabr va 1-noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7—12 daraja iliq, kunduzi 29—30 oktabrda 20—25 daraja, 31-oktabrda 18—23 daraja issiq, 1-noyabrda 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30—31-oktabr va 1-noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-oktabrda 5—10 daraja, 30—31-oktabr va 1-noyabrda 7—12 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktabr 20—25 daraja issiq, 1-noyabr 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30—31-oktabrda va 1-noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9—14 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktabrda kunduzi 23—28 daraja, 1-noyabrda 18—23 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30-oktabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 31-oktabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5—10 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktabrda 20—25 daraja, 1-noyabrda 18—23 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30—31-oktabrda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2—7 daraja, kunduzi 29—31-oktabrda 12—17 daraja, 1-noyabrda 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?