O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi PF–5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 7-bandida nazarda tutilgan.
Kodeks loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- sog‘liqni saqlash sohasida amaldagi qonun normalarini birlashtirish;
- sog‘liqni saqlash sohasini aniqlovchi asosiy atamalar;
- sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy yordamni tashkil etish;
- tibbiy va farmatsevtik faoliyatni belgilash, ko‘rsatiladigan xizmat hajmi va turlarini aniqlash;
- sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarish va nazorati, shuningdek, idoralararo hamkorlik qilish;
- sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish;
- sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish;
- sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyatni normasini belgilash;
- sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlarda tomonlarning huquq va majburiyatlari;
- tibbiy va farmatsevtik faoliyatlarning ayrim turlarini huquqiy tartibga solish va boshqalar.
Mas’ul ijrochilar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 1 iyul, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 1 avgust. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi