18:50 / 10.04.2020
2 854

O‘zbek tili bayramini nishonlash to‘g‘risida Qonun imzolandi

O‘zbek tili bayramini nishonlash to‘g‘risida Qonun imzolandi
Bugun, 10 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Qonun 2ta moddadan iborat.

1-moddaga asosan, 21 oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi
2-moddaga ko‘ra, qonun rasman e’lon qilingan kun – bugundan boshlab kuchga kiradi.

Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 23 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 24 mart kuni ma’qullangan.

Eslatib o‘tamiz, 21 oktabr – «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan kun. 1989 yilda qabul qilingan qonunga asosan, o‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan.

Mazkur qonun 1995 yil 21 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbek tili bayramini nishonlash to‘g‘risida Qonun imzolandi