17:30 / 27.04.2020
3 081

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xorij OAVda keng yoritilmoqda

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xorij OAVda keng yoritilmoqda
Bugungi kunda O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar chet eli ommaviy axborot vositalarida keng yoritilyapti.
Ularning orasida AQSH va Kanadaning yetakchi nashrlari va yangiliklar manbalari ham bor. Bu haqda mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Misol uchun, paytida The New York Times gazetasida “O‘zbekistonda virus tufayli yopilgan bir qator riteylerlarga faoliyatini qayta boshlash uchun ruxsat berildi” sarlavhasida maqola berildi. Unda ta’kidlanishicha, mamlakatda koronavirus tarqalishi aprel o‘rtalarida o‘zining cho‘qqisiga yetdi va kundan-kunga u bilan kasallanish bilan bog‘liq yangi holatlar kamayib boryapti. Nashr elchixonamiz ma’lumotlariga tayangan holda respublikada virusdan eng kam zararlangan hududlarda ijtimoiy masofalashuv bo‘yicha ayrim cheklovlar olib tashlanganini eslatib o‘tadi.

Shulardan kelib chiqib tahlilchilar mamlakatda qator toifalardagi chakana savdo, ishlab chiqarish va servis ob’ektlariga faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishlari uchun ruxsat berilgani haqida o‘quvchilarini xabardor qilgan. Ularning orasida qurilish materiallari, avtomobil ehtiyot qismlari yetkazib beruvchilar, sug‘urtachilar, notariuslar, qurilish va qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat qiluvchi markazlar bor, deyiladi maqolada.

Yahoo Finance yangiliklar xizmati esa “O‘zbekiston ikkita viloyatida koronavirus cheklovlarini yumshatadi” sarlavhasi bilan material berildi. Unda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lumoti asosida ikkita yirik — Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida harakatlanish cheklovlarini bosqichma-bosqich kamaytirib borish rejalashtirilayotganiga to‘xtalib o‘tilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari kiritilgan karantin cheklovlarini yumshatish yo‘lidagi birinchi qadamni tashlagan holda kasallik yuqtirish xavfi past darajada bo‘lgan tuman hamda iqtisodiyot sektorlarini aniqlash bo‘yicha topshiriq berdi, deb yozadi amerikalik jurnalistlar.

Kanadaning The Financial Post gazetasida esa O‘zbekiston xalqaro moliya institutlaridan uzoq muddatli imtiyozli kreditlar va grantlar shaklida 3 mlrd. dollar mablag‘ olishi to‘g‘risida dastlabki kelishuvlarga erishgani hamda o‘zining tashqi qarz cheklovlarini vaqtincha ko‘paytirgan holda yanada ko‘proq mablag‘ jalb qilishi mumkinligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy banki 2020-2021 yillarga yevroobligatsiyalar chiqarishni rejalashtirayotgani ta’kidlangan. Kanadalik sharhlovchilarning e’tirof etishicha, bunday amaliyot natijasida olinadigan summa koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish va mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xorij OAVda keng yoritilmoqda