12:37 / 11.06.2020
2 537

Mirziyoyev Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar tayinladi

Mirziyoyev Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar tayinladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10 iyun kunidagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari tayinlandi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Karimjonov Rustam Olimjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu paytgacha Rustam Karimjonov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi «Innovatsiya, texnologiya va strategiya» markazi davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rustam Karimjonov 2019 yil sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Sarvar Babaxodjayev o‘rniga tayinlandi.

Rustam Karimjonov 2009 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini (bakalavr) va 2011 yilda Koreya Respublikasidagi Xalqaro Solbrij universiteti (magistratura) ni tamomlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar tayinladi