Sharqiy Qozog‘istondan kirayotgan biroz salqin havo oqimi O‘zbekistonda kunduzgi haroratning pasayishiga olib keldi. Dam olish kunlari harorat saqlanib turadi.
Shanba kuni O‘zbekistonda havo biroz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, Sharqiy Qozog‘istondan kirayotgan biroz salqin havo oqimi O‘zbekistonda kunduzgi haroratning pasayishiga olib keldi.
Hafta oxirida kunduzi havo harorati 32–35 darajani, Respublika shimoli, janubi va cho‘l zonasida esa 37–39 darajani tashkil qiladi. Tungi harorat 19–24 daraja atrofida saqlanib qoladi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrga kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuni O‘zbekistonning tekislik hududida ob-havo quruq va ochiq bo‘ladi, faqat respublikaning tog‘li tumanlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Nisbatan salqin havo oqimi ta’siri yakshanba kuni ham saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 19–24 daraja atrofida, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi, mamlakat janubi va cho‘l zonasida 39 darajagacha isiydi. Sinoptiklar bunday haroratlar kunning iqlimiy me’yorlariga yaqinligini ta’kidlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi