25 iyul kuni O‘zbekistonda 592 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi. Bu – bir kun avvalgidan yuztaga ko‘p, kunlik antirekorddan ikkitaga kam ko‘rsatkichdir. Jami kasallanish holatlari soni 19 952taga yetdi.
Bugun ham kun davomida qayd etilgan barcha holatlar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangani aytildi.
25 iyul, yangi holatlar (+592):
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida:
Toshkent shahrida – 459ta;
Namangan viloyatida – 37ta;
Sirdaryo viloyatida – 36ta;
Samarqand viloyatida – 32ta;
Toshkent viloyatida – 13ta;
Qoraqalpog‘istonda – 8ta;
Navoiy viloyatida – 7ta.
Tuzalganlar (+323):
Sog‘ayganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi: kun davomida 359 kishi COVID-19`dan forig‘ bo‘lgani tasdiqlandi. Bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 22 iyulda kuzatilgan, o‘sha kuni 351 kishi tuzalgani ma’lum bo‘lgandi.
Toshkent viloyati – 146;
Toshkent shahri – 124;
Sirdaryo viloyati – 40;
Jizzax viloyati –21;
Samarqand viloyati – 16;
Buxoro viloyati – 12.
Shuningdek, Nukus va Toshkent shaharlarida ikkitadan, Jizzax viloyatida bitta o‘lim holati qayd etilib, rasmiy statistikada jami qurbonlar 111 nafarga yetdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda kamida 9 010 kishi koronavirusdan davolanyapti. Ulardan 133 nafari og‘ir, 63 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Uy karantinida 67 176 nafar, statsionar karantinda esa 26 098 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi