15:53 / 20.03.2021
2 570

O‘zbekistonda 2021 yildagi yangi antirekord — bir sutkada 126 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 2021 yildagi yangi antirekord — bir sutkada 126 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 19 mart holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 81 221 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan bir sutka ichida mamlakatda yana 126 kishida COVID-19 tasdiqlangan, ularning 106 nafari — Toshkent shahrida. Shuningdek, poytaxtda 62 nafar bemor sog‘aygan bo‘lib, hozirga qadar respublika bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 79 708 kishini tashkil etmoqda (98 foiz).

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 891 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

​​Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni O‘zbekistonda dekabrdan beri birinchi marta bir kunda 111 kishida, 16 mart kuni esa bir sutka ichida 115 kishida, 18 mart kuni 124 kishida koronavirus aniqlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 2021 yildagi yangi antirekord — bir sutkada 126 kishida koronavirus aniqlandi