13:25 / 23.08.2021
2 120

Shavkat Mirziyoyev KXSHT davlat rahbarlari sammitida qatnashadi

Shavkat Mirziyoyev KXSHT davlat rahbarlari sammitida qatnashadi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov navbatdagi brifingini o‘tkazdi. Unda ma’lum qilinishicha, bu haftada ham qator tadbirlar rejalashtirilgan.

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olib, xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan xatarlar bo‘yicha yaqin xorijdagi hamkor mamlakatlar va mintaqadagi qo‘shnilar tomonidan bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan chuqur tanishish maqsadida prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlat rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etadi.

Shuningdek, Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti, ekologik holatni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha yig‘ilish, sport ta’limini takomillashtirish, olimpiya zaxirasini yaratish yuzasidan videoselektor o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Yangi xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimi ham rejaga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev KXSHT davlat rahbarlari sammitida qatnashadi