O‘qituvchilarning 5 yilda bir oy maktabdan uzilib malaka oshiradigan tizimidan voz kechiladi. Bu – hozircha Prezident ta’lim muassasalari agentligi tarkibidagi maktablar, keyinchalik xalq ta’limi maktablari uchun ham joriy qilinishi rejalashtirilgan.
7 fevraldan Prezident ta’lim muassasalari huzurida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi ish boshladi. Markazda rahbar va pedagog kadrlar uchun yangicha usulda malaka oshirish tizimi joriy qilinyapti. Bu haqda markaz mutaxassisi Shoira Nazarova ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi vazifasi pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishiga sharoit yaratib berishdan iborat. An’anaviy malaka oshirish tizimida o‘qituvchilar 5 yilda bir oy maktabdan ajratib o‘qitilgan.
“Natijada maktab o‘quvchilariga bir oy boshqa o‘qituvchi dars o‘tadi, ayrim hollarda o‘quvchilar o‘qituvchisiz ham qolib ketardi. Bu o‘zini oqlamayapti”, – deydi mutaxassis.
Uning aytishicha, bundan tashqari, ta’lim tizimida yangi metodikalar tez paydo bo‘lyapti. Yangicha metodikalarni o‘qituvchiga tanishtirish uchun 5 yil kutib o‘tirish kerak emas. O‘qituvchini dars jarayonidan uzmay, ularga yangi o‘qitish texnologiyalarini birgalikda o‘rgatish kerak.
Mutaxassisga ko‘ra, hozircha markazga 120 nafar rahbar, pedagog, psixolog va tarbiyachi kadrlar chaqirilgan. Ular 1 hafta o‘qitilgandan keyin, o‘zining maktabiga borib, o‘qituvchilarga trening o‘tib beradi.
“O‘qitish tizimi gibrid usulda bo‘ladi. Ya’ni o‘qituvchiga darsdan keyin 3 kunlik trening o‘tiladi. Ularga kerakli ma’lumotlarni berib, onlayn platformada qanday ishlash kerakligi tushuntiriladi. Qolgan vazifalarni ularning o‘zi onlayn o‘qib mustahkamlab boradi”, – dedi u.
Ma’lum qilinishicha, bu tizim xalqaro tadqiqotlarga asoslangan malaka oshirish hisoblanib, Finlandiya, Singapur, Britaniya, Koreya davlatlari tajribasi o‘rganilgan.
“Biz o‘rgangan tajribalarda o‘qituvchilar bilan faqat fanlar kesimida emas, balki jamoa sifatida malaka oshirish yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, biz maktabga borib, uning butun jamoasi – direktor, direktor o‘rinbosarlari, psixologi va o‘qituvchilarini fanlarga ajratmagan holda umumiy o‘qitamiz. Ularga psixologiya, bolani tanqidiy, ijodiy fikrlashiga yo‘naltiriladigan metodikalar o‘rgatiladi”, – dedi Shoira Nazarova. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi