17 sentyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflangan yangi aeroport ochildi. Bu haqida "Kun" nashri xabar berdi.
Uch terminalga (yo‘lovchi, VIP va yuk) ega aeroportning sig‘imi taxminan 2000 kishiga mo‘ljallangan. U har qanday turdagi samolyotni qabul qila oladi va xalqaro standartlarga binoan xizmat ko‘rsatishga qodir. Uchish-qo‘nish yo‘laklarining uzunligi - 3 800 metr. Aerovokzal majmui joylashgan hududning umumiy maydoni - 1 200 gektar.
Aeroportning ochilish marosimida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov ishtirok etdi. Davlat rahbari eng zamonaviy aeronavigasiya bilan jihozlangan yangi aeroport xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Asosiy yo‘lovchi terminal binosining tomida dunyoning eng katta hajmdagi gilam ko‘rinishidagi me’morchilik tasviri uchun yangi aeroportga Ginnesning rekordlar kitobidan sertifikat topshirildi. Ushbu "gilam"ning maydoni - 705 kvadrat metr.
Turkmanistondagi yangi aeroport bundan avval mamlakatdagi bir qator diqqatga sazovor inshootlarni qurgan Turkiyaning "Plimeks" kompaniyasi tomonidan bunyod etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi