Ayni damda butun dunyoning tajribali siyosatchilari, jurnalistlari nigohi O‘zbekistonga qaratilgan. Joriy yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovini kuzatish uchun ko‘plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan delegasiyalar, dunyoning ko‘zga ko‘ringan OAVlari xodimlari tashrif buyurmoqda.
28 noyabr kuni saylovni yoritish bo‘yicha Rossiyaning etakchi ommaviy axborot vositallari xodimlari O‘zbekistonga etib keldi. Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov saylovni yoritish uchun mamlakatimizga kelgan OAV vakillari bilan uchrashdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi jurnalistlarni saylov komissiyalari tomonidan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
Saylovning ochiqligi va oshkoraligini, jurnalistlarning saylov kampaniyasiga taalluqli axborotlardan keng foydalanishini ta’minlash maqsadida Prezident saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi va okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan bugungi kunga qadar saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan yuzga yaqin matbuot anjumani va brifing o‘tkazildi. Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 1 ming 306 nafar vakili akkreditasiyadan o‘tkazildi.
Saylov kampaniyasi e’lon qilinganidan boshlab shu kunga qadar mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalarida 15 ming 845 ta material e’lon qilindi.
Tadbirda Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi