22:00 / 18.03.2023
441

Byuro direktori kubogining g‘olibi aniqlandi

Byuro direktori kubogining g‘olibi aniqlandi 

Mana bugun davlatimiz rahbarining "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi xamda yurtimizda umumxalq Navruz bayrami munosabati bilan xodimlarning jismonan sog‘lom bo‘lishlarini ta’minlash, ularning ishdagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari o‘rtasida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha Byuro direktori kubogi bo‘lib o‘tkazildi.

Ushbu musobaqa dastlab, Byuroning hududiy boshqarmalarida tuman-shahar bo‘limlari miqyosida o‘tkazilib, ulardan saralab olingan g‘olib jamoalar xodimlaridan tarkib topgan Byuroning 14 ta hududiy boshqarma terma jamoalari o‘rtasida joriy yilning 13-17 mart kunlari saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Va nihoyat bugun 18 mart kuni Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyati boshqarmalari terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordilar va finalga Byuroning Farg‘ona va Toshkent viloyati boshqarmasi terma jamoalari chiqdilar.

Murosasiz kechgan final o‘yinida Toshkent viloyatilik Byuro xodimlarining qo‘li baland kelib, 6:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

G‘alaba qozongan jamoalarga Byuro direktori tomonidan sovrin va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bu kabi tadbirlar Byuro xodimlari uchun ananaga aylanishi va kelgusida ham yuqori darajada tashkil etib borilishi belgilandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Byuro direktori kubogining g‘olibi aniqlandi