
O'zbekistonlik aralash jang san'ati jangchisi Said-Yoqub Qahramonov Dubay shahrida o'tkazilgan ACA 194 turnirida birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U misrlik Omar El Bilini mag'lubiyatga uchratdi.
Qahramonov jang maydoniga 12–3 ko'rsatkichdagi professional rekord bilan kirdi. U ilgari UFC va LFA kabi nufuzli ligalarda ishtirok etgan.
Uning raqibi, 8–4 rekordga ega bo'lgan 4 yosh kichik misrlik jangchi Omar El Bili edi. Jangchilar bir xil – 170 sm bo'yga ega bo'lishlariga qaramasdan, tajriba jihatidan farq katta edi.
Qahramonov El Bilini birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub etdi, jang raund tugashiga 45 soniya qolganda yakunlandi. Bu bilan u o'z rekordiga 13-g'alabasini qo'shdi.
Shu kuni yana bir vatandoshimiz Xolmurod Nurmatov ham jangga chiqadi. Uning raqibi rossiyalik Umalat Israpilov bo'ladi.
Turnirning asosiy jangida Amir Aliakbari va Toni Jonson kichik kuch sinashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar