Ronaldu 960-golidan keyin muxlislarga murojaat qildi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasi doirasida chorshanba oqshomida "Al-Nasr" safarda "Damak"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu ham gol urdi va professional faoliyatidagi jami gollarini 960 taga yetkazdi. Final hushtagidan ko'p o'tmay 40 yoshli portugaliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.
"Harakat qilishda davom et, ishonishda davom et, kurashishda davom et", — deb yozdi Ronaldu.
Avvalroq u faoliyati davomida 1000 ta gol marrasini zabt etishni maqsad qilganini ta'kidlagandi.
Hozirda "Al-Nasr" turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa peshqadam "Al-Hilol"dan to'rt ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing