date

Eberl Musialaga maydonda ko'proq daqiqa kerakligini aytdi

Eberl Musialaga maydonda ko'proq daqiqa kerakligini aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl yarim himoyachi Jamal Musialaning «Augsburg»ga qarshi o'yindagi (1:2) harakatlarini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eberlning ta'kidlashicha, yuqori saviyadagi chempionatga qaytish oson emas: Musiala bu safar maydonda atigi yarim soatcha harakat qildi va asta-sekin sport formasini tiklamoqda. Uning fikricha, futbolchiga ko'proq o'yin amaliyoti zarur. «Jarima maydonida ikki-uchta vaziyat yaratdi, ammo to'qqiz oylik tanaffusdan keyin maydonda tez va to'g'ri qaror qabul qilish qiyinligi seziladi», — dedi funksioner.

Joriy Bundesliga mavsumida Musiala ikki uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo'ldi.

«Bavariya» navbatdagi bahsini 28 yanvar kuni PSVga qarshi o'tkazadi. Chempionlar Ligasi 8-tur o'yini 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eberl Musialaga maydonda ko'proq daqiqa kerakligini aytdi