Kenan Yildiz Ronaldu va del Pyeroning natijasini takrorladi

Kenan Yildiz “Yuventus” safida “Napoli”ga qarshi o‘yinda gol urgan futbolchilardan biri bo‘ldi. Biroq uchrashuv Luciano Spaletti boshqaruvidagi jamoaning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi — 3:0. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli turkiyalik hujumchi “Yuventus” tarkibida bir mavsumdagi A Seriyasi doirasida “Napoli”ga qarshi har ikkala o‘yinda ham gol urgan bor-yo‘g‘i beshinchi futbolchiga aylandi (g‘alaba uchun uch ochko beriladigan davrda). Avvalroq buni Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro del Pyero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabrizio Ravanelli (1994/95) amalga oshirgan.
Joriy mavsumda Yildizning Italiya chempionatidagi hisobida 8 ta gol bor, shuningdek u jamoadoshlariga 4 bor golga uzatma ham bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!