
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Xusanov jarohatdan forig‘ bo‘lgach, yana «Manchester Siti»ning asosiy tarkibida maydonga tushadi. Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa Angliya liga kubogi 1/8 final bosqichida «Suonsi Siti»ga qarshi o‘yinda qatnashadigan tarkibini e’lon qildi.
Yosh futbolchi o‘yinni markaziy himoyada asosiy daqiqalardan boshlaydi.
«Manchester Siti»ning asosiy tarkibi (4-2-3-1):
- 1. Jeyms Trafford — darvozabon;
- 82. Riko Lyuis, 45. Abduqodir Xusanov, 6. Natan Ake, 21. Rayan Ayt-Nuri — himoya;
- 14. Niko Gonsales, Mukasa Divayn — tayanch yarim himoya;
- 52. Oskar Bobb, 10. Rayan Sherki, 11. Jeremi Dok-u — hujumkor yarim himoya;
- 7. Omar Marmush — hujumchi.
Bosh murabbiy: Xosep Gvardiola
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar