date

Milliarderlardan intervyu olishi bilan tanilgan bloger Jahongir Latipov "Gelik"li bo‘ldi

Milliarderlardan intervyu olishi bilan tanilgan bloger Jahongir Latipov "Gelik"li bo‘ldi

Milliarderlardan intervyu olishi bilan tanilgan bloger Jahongir Latipov 32 yoshida orzu qilgan avtomobili — "Gelik"ga ega bo‘ldi. U bu xursandchilikni ijtimoiy tarmoqlardagi posti orqali ma’lum qilib, mazkur xarid ko‘p yillik maqsad va berilgan so‘zning bajarilishi ekanini ta’kidladi.

Bloger o‘z yozuvida marhum Farhodni ham yodga oldi. Jahongir Latipovning aytishicha, agar u Farhodga telefon qilib "yangi gelik oldim" desa, u inson chin dildan quvongan bo‘lardi. Shu gap orqali u yutuqlar faqat moliyaviy emas, qadr va xotira bilan ham bog‘liq ekanini his qildirdi.

Jahongir Latipov fikricha, “American dream” degan tushuncha faqat Amerikaga xos emas. Uning ta’kidlashicha, bugungi O‘zbekistonda ham harakat qilgan inson orzusini amalga oshira oladigan davr kelgan. "Gelik" esa uningcha, bu fikrlarning shunchaki gap emasligiga real misol. Postning eng ta’sirli joyi blogerning sodda, lekin qattiq iborasi bo‘ldi: “Odam qilgan ishni odam qiladi. Yurak urib tursa bo‘ldi”. U hammaga o‘zidan ham yaxshiroq nasiba tilab, qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorlik bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Milliarderlardan intervyu olishi bilan tanilgan bloger Jahongir Latipov "Gelik"li bo‘ldi