Turkiya prezidenti Erdog‘an o'zining bosh maslahatchisini o'zgartirdi

Rajab Toyyib Erdog‘an imzolagan qaror bilan Hasan Suver prezidentning bosh maslahatchisi etib tayinlandi. Mazkur tayinlov rasmiy manbalarda e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, Hasan Suver ayni paytda atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vazirligida vazir o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritadi. Ya’ni u bir vaqtning o‘zida davlat boshqaruvida ikki yo‘nalishda mas’uliyat olmoqda.
Shu bilan birga, tashqi vakolatxonalarda ham yangilanish bor: Maltaga Barkin Kayao‘g‘lu, Papua–Yangi Gvineyaga esa Bilgin O‘zkan elchi etib tayinlandi. Bu tayinlovlar ham rasmiy qarorlar ro‘yxatida keltirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing