Gvardiola uchun "Siti"dagi so‘nggi mavsum degan ishonch tobora ortayapti...

APL murabbiylari orasida bu mavsum Xosep Gvardiola uchun "Manchester Siti"dagi oxirgi mavsum bo‘lishi mumkin, degan gaplar yanada kuchaymoqda. The Times xabariga ko‘ra, liga ichida bu boradagi ishonch sezilarli darajada oshgani aytilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Gvardiola o‘tgan hafta klub rahbariyatiga mavsum yakunida “shaharliklar”ni tark etishi mumkinligini bildirgani haqida gap-so‘zlar bor. Hozircha bu — rasmiy bayonot emas, ammo Premer-liga atrofidagi “ichki signallar” aynan shu tomonga ishora qilayotgani qayd etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer-ligasining eng katta ta’sir ko‘rsatgan murabbiylaridan biri sanaladigan Gvardiola 2016 yil yozidan buyon “Siti” rulda. Uning boshchiligida jamoa Angliyada deyarli “konveyer”ga aylandi:
- 6 marta Angliya chempioni
- 2 marta Angliya Kubogi sohibi
- 4 marta Angliya Liga Kubogi g‘olibi
- 2023 yilda UYEFA Chempionlar Ligasi chempionligi
Bu natijalar “Siti” tarixida alohida davr bo‘lib qoldi, deyishga asos yetarli.
Hozir esa asosiy intriga bitta: bu gaplar rostdan ham “xayrlashuv mavsumi”mi yoki navbatdagi transfer oynasidagi klassik shov-shuvmi. Bir narsa aniq — agar Gvardiola ketsa, “Siti” uchun faqat murabbiy emas, butun bir sistema almashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!