date

"Uyda Yolg'iz" filmida ona obrazida qatnashgan aktrisa Ketrin O'Hara vafot etdi

"Uyda Yolg'iz" filmida ona obrazida qatnashgan aktrisa Ketrin O'Hara vafot etdi

Kanada va AQSHda tanilgan aktrisa, rejissyor hamda ssenarist Ketrin O’Hara 71 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Xabarlarga ko‘ra, u 30 yanvar kuni Los-Anjelesdagi uyida qisqa davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgan.

Ketrin O’Hara 1954 yil 4 mart kuni Toronto shahrida tug‘ilgan. U ijod yo‘lini teleloyihalar va ovoz berish ishlari bilan boshlab, keyinchalik katta kino hamda seriallarda o‘ziga xos hazil uslubi va tabiiy ijrosi bilan keng auditoriyaga tanilgan.

Ko‘pchilik uni 1990 yilda suratga olingan “Uyda Yolg'iz ” hamda 1992 yildagi “Yolg‘iz uyda 2: Nyu-Yorkda yo‘qolib qolgan” filmlarida Kevin Makallisterning onasi rolida eslaydi. Shuningdek, u “Bitldjus” kartinasidagi obrazlari bilan ham tomoshabinlar yodida qolgan.

Qariyb 50 yillik ijodiy faoliyati davomida Ketrin O’Hara ikki bor “Emmi”, “Oltin globus” hamda Kinoaktyorlar gildiyasining ikki mukofotini qo‘lga kiritgani qayd etiladi. Uning ekran ortida qoladigan eng katta merosi esa — odamni bir kuldirib, bir o‘ylantirib qo‘yadigan chinakam tirik ijro maktabi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » "Uyda Yolg'iz" filmida ona obrazida qatnashgan aktrisa Ketrin O'Hara vafot etdi