date

Oskar Bobb rasman «Fulhem» klubi futbolchisiga aylandi

Oskar Bobb rasman «Fulhem» klubi futbolchisiga aylandi

Londonliklar transfer bozorida yana bir jiddiy qadam tashladi: «Fulhem» «Manchester Siti»ning qanot hujumchisi Oskar Bobb bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli norvegiyalik futbolchi «Fulhem» bilan 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli bitim tuzgan. Demak, «Kreyven Kottidj»da yangi loyiha bor — va Bobb shu rejaning markaziga qo‘yilyapti.

Transfer summasi rasmiy manbalarda ochiqlanmadi, ammo Britaniya matbuotidagi tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, «shaharliklar» ushbu kelishuvdan taxminan 27 million funt sterling ishlab olgan. Eng qizig‘i, «Siti» keyingi sotuvdan 20 foiz ulush olish huquqini ham saqlab qolgan — demak, ular Bobbning kelajakdagi qiymati yana oshib ketishiga ham “stavka” qo‘yyapti.

Yangi jamoasida Oskar Bobb 14-raqamli libosni tanladi. Bu raqam muxlislar uchun ham alohida signal: “men keldim, faqat ishtirok etish uchun emas”. Hozirgi mavsumda u «Manchester Siti» safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

«Fulhem» muxlislari uchun esa asosiy savol oddiy: Bobb nima beradi? Birinchidan, u to‘p bilan tez qaror qabul qiladigan, tor joyda ham yechim topa oladigan texnikaga ega vinger. Ikkinchidan, «Siti» mektebidan chiqqan futbolchida pressing madaniyati va intizom kuchli bo‘ladi — bu esa Premer-ligada juda qimmat valyuta. Uchingidan esa, u yosh, och, o‘zini isbotlashga chanqoq. Bunday paytda futbolchi odatda “paxta” emas, “porox” bo‘ladi.

Albatta, uzoq shartnoma — bu faqat qog‘oz emas, mas’uliyat ham. Endi Bobbning oldidagi vazifa bitta: «Fulhem»da muntazam o‘ynab, o‘zini yetakchiga aylantirish. Agar u Londonda tez moslashsa, bu transfer mavsumning eng yoqimli syurprizlaridan biriga aylanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Oskar Bobb rasman «Fulhem» klubi futbolchisiga aylandi