date

Trampning rafiqasi "Melaniya" haqidagi hujjatli film kinoteatrlarga chiqdi

Trampning rafiqasi "Melaniya" haqidagi hujjatli film kinoteatrlarga chiqdi

AQSH birinchi xonimi Melaniya Tramp haqida suratga olingan "Melaniya" hujjatli filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film 104 daqiqa davom etadi va unda Donald Trampning 2025-yildagi ikkinchi inauguratsiyasi oldidan o‘tgan 20 kunlik davr aks ettirilgani aytiladi.

Lekin kino bozorida bu loyihaga nisbatan kayfiyat unchalik “bayramona” emas: tanqidchilar va bir qator tahlilchilar katta xarajatlariga qaramay, filmning prokatda omadli chiqishi shubha ostida ekanini yozmoqda. Ochig‘i, gap reklama pulida ham: turli manbalarda marketing uchun taxminan 35 mln dollar atrofida mablag‘ sarflangani tilga olinadi (ayrim ma’lumotlarda umumiy kelishuv 75 mln dollar darajasida ham baholangan).

Filmni Truth Social orqali Donald Trampning o‘zi ham faol targ‘ib qilgan: u “albatta ko‘rish kerak” degan mazmunda post yozgan, 30-yanvar atrofida esa filmni ikkinchi marta ham tomosha qilganini va unga yog‘ganini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Trampning rafiqasi "Melaniya" haqidagi hujjatli film kinoteatrlarga chiqdi