date

Marokash U17 — Nouva Kaledoniya U17ni 16:0 hisobda mag'lub etdi

Marokash U17 — Nouva Kaledoniya U17ni 16:0 hisobda mag'lub etdi
2025 yilgi FIFA U-17 jahon chempionati (B guruhi) doirasida 9 noyabr kuni Qatarning Doha shahridagi Aspire Academy Pitch 1 stadionida Marokash yoshlar terma jamoasi Nouva Kaledoniyani 16:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu natija turnir tarixidagi eng yirik g'alaba sifatida qayd etildi.

Uchrashuvning uchinchi daqiqasidayoq Bilol Sukrot hisobni ochdi. 18-daqiqada esa Valid Ibn Solih dubl qayd etdi.

Ikkinchi bo‘limda marokashlik futbolchilar o‘z ustunliklarini yanada oshirib, rekord natijaga erishdilar. Marokash jamoasi o‘yinning boshidanoq tashabbusni qo‘lga oldi.

Uchinchi daqiqada Bilol Sukrot hisobni ochgan bo‘lsa, 11 va 18-daqiqalarda Valid Ibn Solih dublga erishdi. 29-daqiqada Nouva Kaledoniya futbolchisi Tifan Dreuko, 31-daqiqada esa Jan Kanemez maydondan chetlatildi.

O‘yinning birinchi bo‘limi 7:0 hisobida Marokash foydasiga yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda Marokash futbolchilari ustunlikni davom ettirdilar.

Gol urish 48, 50, 56, 60, 73, 80 va 90+2-daqiqalarda davom etdi. 76-daqiqada Nouva Kaledoniya futbolchisi Stivi Endryu avtogolga yo‘l qo‘ydi.

Yakuniy hisob — 16:0. Bu natija FIFA U-17 jahon chempionatlari tarixidagi eng yirik g‘alabaga aylandi.

Mazkur g‘alaba Marokash terma jamoasiga guruh bosqichidagi eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari orasidan 1/16 finalga chiqish imkonini berdi. Nouva Kaledoniya esa yoshlar futboli tarixidagi eng og‘ir mag‘lubiyatlardan birini boshdan kechirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Marokash U17 — Nouva Kaledoniya U17ni 16:0 hisobda mag'lub etdi