date

"Bu haqiqiy dahshat edi": Florentsi Ronaldu va Messidan ham qiyin raqibini aytdi

"Bu haqiqiy dahshat edi": Florentsi Ronaldu va Messidan ham qiyin raqibini aytdi
Italiya terma jamoasi va "Milan" hamda "Roma" klublarining sobiq himoyachisi Alessandro Florentsi faoliyati davomida eng qiyin raqibini tilga oldi. 34 yoshli sobiq futbolchi Ivan Perishichga qarshi o‘ynash Ronaldu va Messiga qarshi bahslardan ham og‘irroq bo‘lganini ta’kidladi.

"Men Ronaldu va Messiga qarshi o‘ynaganman – ular juda katta hurmatga loyiq. Lekin eng ko‘p qiynalganim boshqa futbolchiga qarshi bo‘lgan – men Perishich haqida gapiryapman.

U o‘ngga ham, chapga ham bemalol o‘tardi – u uchun farqi yo‘q edi. Va u hech qachon to‘xtamasdi.

Bu haqiqiy dahshat edi", – deya Florentsining so‘zlarini keltirmoqda italiyalik OAV. Florentsi joriy yil yozida faoliyatini yakunlagan.

Ivan Perishich Italiyada "Inter" safida to‘p surgan. Hozirda 36 yoshli xorvatiyalik futbolchi Niderlandiyaning PSV jamoasida o‘ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Bu haqiqiy dahshat edi": Florentsi Ronaldu va Messidan ham qiyin raqibini aytdi