date

Sevinch Mo‘minova: “Xonadonda kelinning qadri erkakka bog‘liq” (video)

Sevinch Mo‘minova: “Xonadonda kelinning qadri erkakka bog‘liq” (video)

Xonanda Sevinch Mo‘minova Mirsadikova bilan bo‘lgan intervyusida oila, unda erkakning o‘rni hamda xonadonda kelinning hurmati nimaga bog‘liqligi haqida ochiq va qat’iy fikr bildirdi.

San’atkorning ta’kidlashicha, oilani oila qilib tutib turadigan, uning tayanchi va ustuni — erkakdir. Erkak o‘z oilasida mas’uliyatni his qilishi, onasiga va uyidagi yaqinlariga tushuntira olishi kerak.

“Erkak o‘z ayolini hurmat qilsa, qadrlasa, onalar ham keliniga aynan shu munosabatni ko‘rsatadi. Chunki kelinning xonadondagi o‘rni bevosita o‘g‘ilning o‘ziga bog‘liq”, — deydi xonanda.

Sevinch Mo‘minova bu borada fikrini yanada keskinroq davom ettirib, shunday dedi:

“Qaysi xonadonda kelinni bir tiyinga olishmasa, demak o‘sha o‘g‘ilning ham qadri bir tiyin. Uning gapi ham, o‘rni ham, hurmati ham yo‘q. Erkak kishi o‘z erkakligini ko‘rsata olsa, onasiga ham o‘g‘il bo‘lib, o‘z o‘rnini belgilab qo‘ysa, shundagina uning so‘zi ham o‘tadi. Ana o‘shanda kelinning ham hurmati bo‘ladi”.

Xonandaning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Sevinch Mo‘minova: “Xonadonda kelinning qadri erkakka bog‘liq” (video)