date

Endrik «Lion»da «Real»dan kelib rekord o‘rnatdi

Endrik «Lion»da «Real»dan kelib rekord o‘rnatdi
Fransiyaning «Lion» klubi yangi futbolchisi Endrik Madridning «Real» jamoasidan ijara asosida o‘tganidan so‘ng klub rekordchisiga aylandi. Bir necha kun avval «to‘quvchilar» ijtimoiy tarmoqlarda yulduzli yangi futbolchi taqdimotiga bag‘ishlangan videoni joylashtirdi.

Ushbu rolik fransuz klubi ijtimoiy tarmoqlari tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan video bo‘ldi — 1,1 milliondan ortiq ko‘rish qayd etildi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Endrik «Lion» safidagi debyut uchrashuvini 3 yanvar kuni o‘tkazishi mumkin. «To‘quvchilar»ga bu bahsda «Monako» raqib bo‘ladi.

Fransiya chempionatining 16-turidan so‘ng «Lion» 27 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrik «Lion»da «Real»dan kelib rekord o‘rnatdi